
Kursda 0 dan boshlab professional dasturchi bo’lish uchun barcha kerakli bilimlar beriladi.
Kurs davomiyligi 5 oy
Kursda nimalarni o’rganamiz:

Umumiy dasturlash teoriyasi. O’quv markazlari odatda ma’lum bir dasturlash tilini o’rgatishadi holos. Men esa kursning 3 haftasini dasturchlash asosini o’rgatishga sarflayman. Bu bilim bilan siz hohlagan dasturchlash tilida be’malol dasturlar yoza oladigan bo’lasiz

PHP. Hozirgi internetlashgan zamonda bu til eng muhim daturlash tillaridan biri hisoblanadi. Ma’lumot uchun: internetdagi web dasturlar va saytlarning 80% shu tilda yozilgan. Shu jumladan Facebook ham aynan shu tilda yozilgan

JavaScript. Ushbu til brauzerlar uchun ishlab chiqilgan bo’lib, hozirgi kunda qariyib barcha dasturlash yo’nalishlarida keng qo’llaniladi. Brauzerlarda yagona dasturlash tili hisoblanadi. Hozir mobil dasturlar ham ushbu tilda yozish urf bo’lmoqda.

MySQL. Har bir dastur ma’lumotlarni qayerdadir saqlashi kerak. Misol uchun foydalanuvchining elektron manzili, ism-sharfi va hokazo. Buning uchun MySQL ma’lumotlar ombori tizimi bor. Ma’lumot uchun: Facebook barcha ma’lumotlarni aynan MySQL tizimida saqlaydi.


Bootstrap. Ushbu freymvork – dasturning tashqi ko’rinishi uchun kuchli qurol hisoblanadi. HTML, CSS va JavaScript larning tayyor qoliplari jamlagan. Siz tashqi ko’rinish uchun ko’p kod yozmasdan, tayyor chiroyli botstrap elementlaridan foydalanishingiz mumkin

Symfony. Backend uchun eng kuchli freymvork. Dunyoda 3 ta mashhur freymvorklar bor. Symfony, Yii va Laravel. Laravel ko’proq Kanada davlatida ishlatiladi. Symfony esa Yevropa davlatlarida. Yii freymvorki Rossiya va O’zbekistonda. Lekin Yii shunchalik eskirdiki ushbu davlatlar ham aynan Symfony freymvorkiga o’tishni boshlashdi. Backend dastur yaratish uchun ushbu freymvorkka teng keladigani yo’q

Api-Platform – bu API yaratish uchun juda qulay instrument hisoblanadi. Fron-end’dan keladigan so’rovlarni boshqarishni avtomatlashtiradi, o’zi Swagger ushun maxsus kodlarni generatsiya qiladi. Oddiy so’z bilan aytganda, boshqa dasturchilar 2 hafta ichida yozishi mumkin bo’lgan dasturni, API-Platform orqali 30 daqiqada yozish mumkin bo’ladi


Git. Loyihangiz versiyalarini boshqaruvchi git dasturisiz, hozirgi zamonaviy dasturlarni tasavvur qilish qiyin. Git har bir dasturdagi o’zgargan kodlarni, fayllarni boshqarib boradi. Git orqali bir necha yil oldin o’chirib yuborilgan fayylarni ham tiklash, yoki har bir o’zgarishlarni ko’rish imkoningiz bo’ladi

Linux terminalida ishlashni o’rganasiz. Afsuski Windows foydalanuvchilari ushbu asosiy buyruqlarni bilishmaydi. Hozirgi kunda qariyib barcha ish beruvchilar, dasturchilardan asosiy linux buyruqlarini bilishi kerak deb hisoblashadi

Bundan tashqari professional dasturchilar har xil loyihalashtirish qoliplari (рус: Шаблоны проектирования, eng: Design Patterns) ni ishlatishadi, ushbu kurs davomida eng kerakli va ko’p ishlatiladigan qoliplarni o’rganamiz
Hamma dasturlashni o’rganishi shart. Chunki u sizga o’ylashni o’rgatadi
© Stiv Jobs
Kursda qatnashish uchun nimalar kerak bo’ladi?
- Kompyuter, yoki noutbuk
- Darslarda Zoom dasturi orqali onlayn muloqot qilinadi. Siz o’qituvchi va uning elektron doskasini ko’rib turasiz. Zoom dasturini bu yerdan yuklab olishingiz mumkin: https://zoom.us/download
- Internet tezligi video a’loqa qilish uchun yetarli bo’lishi kerak. Tekshirish uchun fast.com saytiga kiring. Tezligingiz yetarli darajada bo’lishi uchun sayt kamida 2 mega bit tezlik ko’rsatishi kerak.
- O’qituvchi ba boshqa o’quvchilar bilan suhbat qilish uchun mikrofoni bor naushnik kerak bo’ladi. Telefon naushniklari ham to’g’ri keladi
Kurs vaqti
- Haftasiga 2 kun.
- Davomiyligi 2 soat: Toshkent vaqti bilan soat 20:00 dan 22:00 gacha. Yaxshi dasturchi bo’lish uchun dars bo’lmagan kunlar ham 2 soatdan vaqt ajratish maslahat beriladi
- Dars videoga yozib boriladi. Agar biror sababga ko’ra darsda qatnasha olmasangiz video sizga yuboriladi. Lekin, ko’p darsga qatnasha olmasangiz, siz bilan xayrlashishga to’g’ri kelishi mumkin. Chunki faqat video orqali o’rgansangiz – bu kurs siz uchun oddiy video-darslik bo’lib qoladi. Biz esa bunga qarshimiz.
Narxlar
- Kurs narxi: 3 990 000 so’m
- Bu oyma-oy to’lanadigan narxmi?: Yo’q, bu umumiy narx. Faqat bir marotaba to’lanadi
- Kurs davomiyligi: 5 oy
- To’lov turlari: O’zbekistonlik o’quvchilar uzcard orqali (Humo kartalarida ko’pincha muammolar sezilmoqda) to’lovni amalga oshirishlari mumkin. To’lamoqchi bo’lganda administratormizga telefon raqamingizni yozing. Sizga SMS o’rqali link keladi. Ushbu linkka bossangiz, Payme ilovasi ochiladi va to’lovni amalga oshirasiz. Agar Payme ilovangiz bo’lmasa, linkda ochilgan saytga karta raqamingizni, uning amal qilish oyi, yilini kiritasiz va ‘Оплатить’ tugmasini bosasiz. Pulingiz bizning firmamizga o’tadi. Agar kartangizda yetarlicha mablag’ bo’lmasa ‘Pulingiz yetarlicha emas’ kabi xatolikni olasiz. Chet eldagi vatandoshlar mastercard kartasiga pul o’tkazish orqali to’lashlari mumkin
- Kurs tili: o’zbekcha
- O’qituvchi: Akmal Kadirovning metodikasi bo’yicha u kishining shogirdlari dars o’tadilar
- Kursga yozilish uchun: 100% to’lovni amalga oshirish kerak bo’ladi.
Kursdan maqsad: 5 oy mobaynida sizga 10 dan ortiq texnologiyalarni o’rgatish. Sizni mustaqil ishlay oladigan professional dasturchiga aylantirish.
Kursdan so’ng siz Full Stack Developer bo’lasiz, ya’ni ham Front-end, ham Back-end’da dasturlar yoza olasiz. O’z rezyumengizda esa keyingi bilimlarni qo’shishingiz mumkin bo’ladi:
- PHP
- JavaScript
- MySQL
- HTML
- CSS
- Bootstrap
- Symfony
- Api-Platform
- Swagger
- Composer
- Vuejs
- Vuex
- Git
- Linux terminalida ishlash
- Design Patterns (Loyihalashtirish Qoliplari)
Kurs haqida savollariz qolgan bo’lsa, yoki kursga qo’shilmoqchi bo’lsangiz – administratorimizga murojaat qilishingiz mumkin.
Administratorning instagramdagi profili: @lola.oripova.2020
O’quvchilar fikri:

Men dasturlash olamiga shu yili kirib keldim, ungacha kompyuterni yoqib o’chirishdan boshqa narsani bilmaganman. Xozirga kelib esa Ustozim Akmal Kadirov qo’l ostida bir jamoada ishlamoqdaman. Shu qisqa fursat ichida ko’plab bilimlar oldim bu uchun u kishiga katta minnatdorchilik bildirib qolaman
Nizomjon M. 32 yosh

Assalomu alaykum mana endi dasturlashni o’rganayotgan va o’rganmoqchi bo’lgan do’stlarim. Hozir silarda dasturlashni o’rgansam ish topa olamanmi? Hozirgi kunda hamma dasturlashni o’rganipti degan savolar ko’plab uchraydi. Sizlarga aytaman hech narsadan qo’rqmang.
Ismim Sardor, familyam Mahmudov, yoshim 17 da man dasturlashni shu yildagi boshlagan kursdan yani Akmal Kadirovdan online tahsil olganman. Hali kursni tugatmay turub Qashqadaryo IT parkda front-end dasturchi sifatida $550 lik oylik maoshga ishga kirdim. Qashqadaryo IT park bilan birga Zaytun, Zaytun Food loyhalarida qatnashib kelmoqdaman va mana shu kunlarda Akmal akam vada qilgan kursdan kiyingi praktika ham boshlandi
Mani birinchi YouTube dagi va dasturchilikni o’rgatgan ustozim Akmal Kadirovga raxmat!!!
Sardor M. 17 yosh

Ustozni kursiga qabul qilgunicha bir qancha internetdan kurslarni ko’rib chiqdim. afsus ko’piga tushunolmadim. Uztozni favqulotda sodda qilib tushuntirishi bizni IT olamiga tezroq kirib borishimizga sababchi bo’ldi. agar mendan dasturlashni qayerdan o’rganishni so’rashsa taraddudlanmay ustozimiz Akmal Kadirov ni havola qilgan bolardim.
Meni juda xam xursand qilgani, kursning oxirida uztozimiz meni o’zining kompaniyasiga ishga oldi. Xozirda Akmal Kadirovning qo’l ostida ishlayapman.
Kamron T. 28 yosh

Assalomu alaykum. Men Bahromov Islombek. Jizzax viloyati Zomin tumanida yashayman. Yoshligimdan kompyuterga qiziqaman. Men ham ko’pchilik kabi bu yil dasturlashni oʻrganishga kirishdim. Qidiruv tizimlari orqali dasturlashni oʻrganishga doir qoʻllanmalarni izlayotganimda Akmal akaning Umumiy dasturlash teoreyasiga oid videolariga koʻzim tushib qoldi. Videolarni koʻrib chiqdim. Boshida ozma-oz tushindim. Qayta qayta koʻrib qisqa vaqtli videodan ancha maʼlumot oldim. Akmal akaning ijtimoy tarmoqdagi videolarini ko’rib, shogirt bo’lish istagi paydo bo’ldi va men kurslariga qabul qilindim. Kursda qisqa muddat ichida ko’p narsani o’rgandim. Kurs oxirda bizga 1 ta haqiqiy proyektni berdilar. Men o’z vazifamni bajardim. Praktika hali tugamasidan IT kompaniyaga ishga kirdim.
Islombek B. 20 yosh

Xar kanday professional dasturchilar dasturlashni urgata olmaydi. (Shaxsan men buni 2-3 ta ukuv kurslarida kurib, amin buldim) Buning uchun albatta pedagogig saloxiyat bulishi zarur va buni Akmal aka da ko‘rish mumkin. Xakikiy ma‘noda professional.
Yoshidan katiy nazar va boshlangich dasturchilar uchun bu kursda katnashishini maslaxat bergan bulardim.
Shavkidin Y. 24 yosh
Ismim Abbos. Yoshim 25 da. Kursga qatnashishdan oldinham dasturlash bilan doimiy shug’ullanar edim. Lekin kursga qatnashib mavjud bilimlarimni mustahkamlash bilan birga o’zim uchun ko’p narsa oldim. Ayniqsa SOLID tamoyillar bilan ishlashga odatlandim. Bundan tashqari jamoani boshqarish va SCRUM kabi metodlar bilan ishlashni o’rgandim. Va eng asosiysi “Imposter syndrome”dan qutuldim.
P.S. Kursgacha ish suhbatlariga borganimda 5 mln ga rozi bo’lib borardim. Hozirda oxirgi ikkita borgan joyim 20 mln taklif qilishdi
Abbos F. 25 yosh

Assalomu aleykum! Men Akmal Kadirovni shogirdalaridan biri bo’laman.
Juda ko’p o’quv kurslar bor, lekin hammasini ham o’quv metodikasi doim ham siz o’ziz xoxlagan darajada kerakli bilim berolmaydi. Sizga dasturchi sifatida maslahatim Akmal akani kurslariga qatnashing. Siz u yerda qisqa muddatda,
10 dan ortiq texnalogiyalarni va bepul tajriba orttirish imkoniga ega bo’lasiz. Bu kursdan keyin Xudo xoxlasa siz albatta dasturchi bo’la olasiz. Hammaga omad..!
Ma’mur I. 26 yosh

Akmal Kadirov avvalo O’zbek dasturlash olamida o’zgacha uslubdagi shaxs. U maksimalist,
hamma narsa maksimal sifat va aniqlikda bo’lishini hohlaydi. Uning kimligini Kadirov Dev kanalidagi darslar aytib turibdi. “Dasturlash teoriyasi” bu o’zbek IT olamida burilish deb o’ylayman chunki bungacha juda ko’p kitoblar, maruzalar, leksiyalarni tinglaganman, lekin bunaqasi yo’q. Endi kurs haqida ikki og’iz: shaxsan men buncha ko’p texnalogiyalarni buncha qisqa vaqt ichida o’rganishni tassavur ham qila olmasdim. Lekin qarangki, Akmal Kadirov bilan buning iloji bor ekan.
Azizbek B. 24 yosh

Hayotda tashlangan bazi qadamlar uni butunlay o’zgartirib yuboradi, ushbu kurs bilimlarimning shakllanishida shunday hal qiluvchi ro’l o’ynadi desam adashmagan bo’laman. Men hozirgi darajaga, ustozimiz
Akmalning aniq-tiniq ko’rsatmalari va doimiy qo’llab quvvatlashlarisiz erisha olmagan bo’lar edim. Ayta olamanki, ustozimiz o’zi yillar davomida o’rgangan bilimlarini biz bilan qisqa fursat ichida sabr va ishtiyoq bilan bo’lisha oldilar. Eng muhim va meni eng xursand qilgan jihat bu biz ushbu fursat ichida nafaqat nazariy bilimlarimizga asos qurdik va balki, har bir o’rgangan bilimlarimizni amalda qo’llashni, haqiqiy proektlarda ishlatishni o’rgandik. Ularsiz men balki, o’zimning eng yuqori qobilyatlarimni kashf qila olmagan bo’lar edim. Ushbu amaliy mashg’ulotlar mening kelajakdagi loyihalarim uchun muhim tajriba bo’ldi. Men ushbu kursda o’rganlarimdan judayam qoniqdim, va har qanday ushbu sohani mukammal o’rganmoqchi bo’lganlar uchun, uni tavsiya etaman.
Madina K.

Kurs haqida, taasurotlar faqat ijobiy! Uztoz Akmal aka o’z kasbining ustasi, darslarni ozroq qattiqqo’llik bn o’tsada, lekin hech bir o’quvchisini e’tibordan chetda qoldirmaydi, talabchan va o’z ishiga ma’suliyat bilan yondoshar ekanlar. Darslarni oddiy va qisqa yo’l bilan o’tadilar. Aytganday kursdan keyin praktikasi ham bor. Xullas, Kimki dasturlashni hech qayerda o’rgatilmaydigan sirlarini va tengsiz Xakker bo’lishni orzu qilsa (Bu albatta hazil 😉) Akmal akani tavsiya qilaman. Demoqchimanki kimning dasturlashga qiziqishi bo’lsa yoki o’sha soxada bilimini va tajribasini oshirmoqchi bo’lsa, o’ylaymanki bu borada Akmal aka tog’ri tanlov!
Akmal aka sizga katta raxmat bergan va hozir ham berayotgan bilimlarez uchun! Men ham harakat qilaman kelajakda sizni berayotgan bilimlarezni oqlashga.
To’ychi S., 24 yosh

Dasturlash va dasturchilar xaqida, qanaqa qilib dasturlashni o’rganish borasida ko’pdan beri o’ylab yurardim. Internet orqali uzundan uzun kodlar va xar xil tushunarsiz terminlarni ko’rganimda o’zimga nisbatan qanaqadir ishonchsizlik paydo bo’lardi. Bundan uch oy oldin YouTube orqali tasodifan Akmal Kadirovni saxifasiga duch kelib qoldim va u yerda shu kunlarda kurs ochilayotgani va joylar chegaralanganini bilib qoldim. Va uzimni sinab kurishga qaror qildim. Va bu qarorimdan xech xam afsuslanmayman. Akmal Kadirov dastlabki kunlardanoq mavzularni sodda va ravon tushushtirib bera olish orqali dasturlash olamiga kirib borishimga zamin yaratib berdi. Akmal Kadirov barcha narsani misollar orqali tushuntirib borishga xarakat qiladi va bu mavzuni tezrok va kulay o’zlashtirib olishga yordam beradi. Darslarning onlayn va o’z vaqtida bo’lib o’tishi xam ancha qulay. Barchasi uchun Akmal Kadirovga raxmat!
Akbar Y., 43 yosh

Men Dilshodbek Allayorov, Akmal akani shogirtlaridanman, yangi kurs ochyapti deb eshitib qolgandim, bu imkonyatni qo’ldan boy bermaslikni maslaxat beraman! Darslar o’ta ham sifatlik, eng asosiysi dasturlashni moxiyatini yaxshi o’rganib olasiz va kurslarida birdaniga Web dasturlashni backend va frontend ni birdaniga o’rganasiz.
Dilshodbek A., 33 yosh