Umumiy Dasturlash Teoriyasining o’rganish qoidalari

Dasrlik bu yerda – https://www.youtube.com/playlist?list=PLcvajZ_CZX8RygFD05lSHujpk2gLcBQaO

Ko’pchilik menga “umumiy dasturlash teoriyasini bir kunda ko’rib chiqdim, lekin hech narsaga tushunmadim” degan ma’nodagi xatlarni yozishgan.

Gap shundagi dasturchilar boshqacha fikrlashadi. Huddi matematiklar raqamlar bilan o’ylashganidek. Dasturchi – bu kod yozishni bilgan odam emas, dasturchi – o’zgacha fikrlay oladigan odam. Umumiy dasturlash teoriyasi maxsus – sizni dasturchidek firklashga o’rgatadigan qilib tayyorlangan. Ushbu darslikni ko’rishning xam o’z qoidaari bor:

Umumiy dasturlash teoriyasini ko’rib chiqing. Bir kunda faqat bitta dars ko’ring. Kerakli joylarini daftarda konspekt qiling. Kompyuterda emas, aynan daftar-ruchkada.

Ko’p videolar ostida darsning matn variantiga ham yo’llanma bor, ularni ham albatta o’qing. Chunki, videoda yozilgan kodni matn variantida tushunish osonroq bo’ladi!

Darsda ko’rsatiladigan kodlarni ham daftarda yozasiz va miyyangizda bajarasiz. Barcha berilan vazifalarni bajaring. Bajarilgan vazifani o’sha dars videosi ostida izoh sifatida qoldiring. Men, yoki boshqa mavuzni yaxshi tushunganlar sizning vazifangizni tekshirib xatolaringizni aytishadi.

Mavzuga tushunmasangiz qayta-qayta ko’ring. Izohlarni o’qing. Balkim tushumagan joyingizni kimdir savol sifatida qo’ygandir va savoliga allaqachon javob olgandir.

Bir kunda bir necha bor ko’rib baribir tushunmasangiz, ertasi kuni keyingi darsga o’ting. Bazida o’quvchilar mavzuni qanchadir vaqt o’tib keyin tushunishadi. Bitta mavzuda bir kundan ortiq ushlanib qolish yaxshi emas.

Umumiy dasturlash teoriyasida ikkita qiyin mavzu bor. Sanoq tizimlari va Interfeyslar. Ushbu mavzularga yaxshi tushunmasangiz – havotir olmang. Ular boshlovchi dasturchilarga uncha kerak bo’lmaydi.

315+

Umumiy Dasturlash Teoriyasining o’rganish qoidalari” ga 10 fikr qoldirilgan

  1. 998911587612

    Ассаламу алайкум.Устоз тинчмисиз, Мен хакикатда10-дарсдан бошлаб бироз кийналдим,лекин харакат килаяпман.Устоз качондан янги гурух очмокчисиз,яъни укитиш учун пуллик гурух?

    67+
  2. Isakov

    Masalan o’qituvchi bo’lish uchun avval qaysi soxa bo’yicha talim berishni o’zimizning qiziqishimizdan kelib chiqqan xolda o’ylab olishimiz kerak. Negaki shunchaki o’qituvchi bo’lish istagi yaramaydi. “Dasturchi” ham bu umumiy teorea. Yaxshi dasturchi bo’lishni istasak avvalo qanday dasturchi bo’lishimizni qiziqishlarimizdan kelib chiqqan xolda o’ylab olishimiz va shu maqsad sari izlanishimi kerak. negaki birdaniga umumiy dasturchi bo’lishni iloji yo’q

    28+
    • Akmal Kadirov Maqola avtori

      Умумий дастурлаш теориясини нотугри тушунибсиз. Бу барча тилдаги бор нарсалар: Узгарувчан, Синф, Усул ва хоказо. Бу нарсалар барча тилларда бор. Буни ургангач узизга йуналиш танлаб бошка видео-дарсларимни куришда давом этишиз керак булади. Умумий дастурлаш теорияси бу биринчи кадам.

      Лекин афсуски купчилик бирор тилни урганишдан бошлашади, масалан пайтон. Бунинг ёмон окибати улар факат уша тилнинг “қуллари” булиб колишади. Яхши дастурчи эса бошка тилларни хам яхши тушун билиши керак

      76+
  3. akosh-1166

    Salom yaxshimisizlar umumiy dasturlash teoryasi juda yaxshi tushunarli raxmat sizga shunday savobli ishni boshlabsiz. Lekin mani bitta savol qiziqtiropdi shu 12 ta dasni yaxshi o’rganib bo’lgandan kn biror joyga ishga kirsa bo’ladimi??

    19+
    • Akmal Kadirov Maqola avtori

      Хар кун 2 соатча вактим директ учун ажратилган. Факат хатлар куплигидан одамлар уртача 10 кунда жавоб олишаяпти хатларига. Чунки новбат билан жавоб бериб чикаяпман

      21+

Fikr bildirish