Haqiqiy IT Bank!

Tinkoff logo

Tinkoff – Rossiyaning eng zamonaviy banki hisoblanadi. Rossiyada allaqachon yashamasamda, xozirgacha ushbu bank kartalarini ishlataman. Bizning banklar valyutadagi operatsiyalardan 1% atrofida komissiya olayotgan bir paytda, bankomatdan o’z pulizni chiqarmoqchi bo’lganda ham 1% pulizni negadir olayotgan bir paytda – Tinkoff sizga har bir operatsiyadan 30% gacha pulizni qaytarib beradi.



Cash Back

Har oy ohirida hisob-kitob bo’ladi. Siz bir oyda bajargan barcha to’lovlaringizdan kamida 1% qaytarib beriladi. Misol uchun Antaliyaga dam olishga borgan edim, qaytib kelgach hisobimga (so’mda hisoblaganda) 450 000 so’m pul tushdi. Chunki har bir to’lovdan 30% pul qaytarib beriladi.

  1. Mobil ilovasida Bonus degan qismi bor. U yerda ko’plab restoranlar, kinoteatrlar, chiptalar, magazinlar, hullas juda-ko’plab kompaniyalar ko’rsatilgan. O’sha kompaniyalarda bajarilgan to’lovlar uchun 30% gacha puliz qaytarilib beriladi. Tinkoff’ga bundan nima foyda? Aslida ushbu kompaniyalar tinkoff mijozlarini chaqirish uchun ularga shunaqa katta chegirmalar berishadi. Boshqa so’z bilan aytganda, oddiy karta orqali 1000 rubl sotiluvchi mahsulotni, tinkoff kartasi orqali 700 rublga olish mumkin.
  2. Har bir kvartalda 3 ta kategoriya tanlaysiz. Misol uchun “Taksi”, “Apteka” va “Sport tovarlari”. Endi ushbu kvartal davoimda ushbu kategoriyalardagi tovarlar uchun 15% cash back olasiz.
  3. Agar to’lovingiz Tinkoffning 30% lik bonuslarida ishtirok etmayotgan kompaniyaga bo’lsa, siz tanlangan 3 ta kategoriyaga ham kirmasa, baribir 1% cash back beriladi



IT Bank

Tinkoff Bankida ofislar, cheksiz novbatlar yo’q. Ularning ishchilari menedjerlar emas – dasturchilar. Ularning sayti, mobil ilovasi orqali barcha narsalarni online bajarish mumkin. Hattoki karta ochmoqchi bo’lsangiz ham, saytida anketani to’ldirasiz, ular esa kartani uyingizga olib kelib berishadi. Shartnomani ham olib kelishadi. Savoliz bo’lsa, muammolar bo’lsa – mobil dastur orqali darrov hal qilib berishadi. Boshqa banklarning ofisiga borib, qog’ozbozlik ko’pligidan ishizni hal qila olmay qaytishiz mumkin. Tinkoff orqali uyda o’tirib barcha ishlaringizni bajarasiz.

Ularning mobil dasturi shunchlik qulayki, 2020-yilda dunyoning eng zo’r bank ilovasi deb topildi


Global Finance — Best Digital Bank Award 2020
Versiyasi bo’yicha dunyoning eng zo’r mobil banki hisoblanadi

Xulosa

Tinkoff rostdan ham mijozlarning qulayligi uchun hizmat qilaydigan bank. Men uning ashaddiy muhlisiman, ko’plab do’stlarim mening maslahatim orqali ushbu bank mijozlari bo’lishdi. Endi boshqa bankka o’tish niyatlari yo’q.

Agar siz hozir Rossiyada bo’lsangiz, albatta ushbu bank kartasini oling. Ushbu yo’llanma orqali bank kartasiga be’pul buyurtma berish mumkin!


44+

Fikr bildirish