Node.js-da sodda HTTP server yaratamiz

Node.js nima?

Node.js bu freymvork emas u javascript dasturlash tiliga mo’ljallangan runtime dasturi bo’lib bu dastur bilan siz js-ni brauzerdan ham tashqarida ishlata olasiz. Bu dasturda bir qancha modullar mavjud va hatto bu dastur uchun bir qator freymvorklar yaratilgan: express.js, socket.io va feather.js. Biz bugungi maqolamizda Node.js-ning http modulidan foydalanamiz.

HTTP moduli

HTTP modulini biz require() funksiyasi yordamida yuklaymiz:

var http = require("http");

HTTP modulini yuklaganimizdan so’ng uning createServer() metodidan foydalanamiz va unda qiymatlarni kiritamiz (buni izohlarda ko’rib chiqamiz):

var http = require("http");
http.createServer(function(res, req){
   res.writeHead(200);
   res.write("Salom, dunyo!"); // serverda namoyon bo'ladigan ma'lumot
   res.end(); 
}).listen(8000); // server porti
19+

Fikr bildirish