Dasturlashni o’rganayotganda ko’p uchraydigan savollarga – javob

Nimadan boshlay?

Shu yerga kelib qaysi yo’nalishdan ketishingizni tanlashingiz kerak. O’zingiz biror yo’nalish tanlashga qiynalsangiz – veb dasturlash yo’nalishini maslaxat beraman.

Veb dasturchi bo’lish uchun ushbu kurs darslarini ko’rib boshlang


Telefondan ham o’rgansa bo’ladimi?

Boshida telefon ham bo’ladi. Lekin, umumiy dasturlash teoriyasini o’rgangach, keyingi qadamga o’taman desangiz kompyuter, yoki noutbuk olishingiz kerak bo’ladi.


Ingiliz tili, yoki matematikani bilmayman. O’rgana olamanmi?

Dasturchi bo’lish uchun – dasturlashni o’rganish kerak. Boshqa fanlarning a’loqasi yo’q. Lekin, dasturlash olamida juda ko’p miflar bor. Ular dasturlashni o’rganmoqchi bo’lganlarni cho’chitib turadi. Miflarni buzamiz videosida ushbu ko’plab savollaringizga javob topasiz


Mening ajoyib g’oyam bor. Kim menga dastur yaratib beradi?

G’oyadan – dasturgacha videosida nafaqat shu savolga, balki go’ya dasturga aylanguncha qanday bosqichlardan o’tadi, unda kimlar ishtirok etadi va shunga o’xshash savollarizga javob olasiz


Juda ko’p narsa o’rgandim, lekin bilimim ishga kirish uchun juda kam

Dasturlash olamida juda ko’p tillar, texnologiyalar bor. Ularni hammasini o’rganishning iloji yo’q. Birini o’rganguningizgacha ham, ko’plab boshqa narsalar paydo bo’ladi. Boshqa tomondan, dasturchi bir umr o’rganishda, izlanishda bo’ladi. Demak, “Avval o’rganib olay, keyin ishga kiraman”, – desangiz, bir umr o’quvchiligizcha qolib ketasiz. Agar bilimingizga ishonmayotgan bo’lsangiz, sizda firibgarlik sindromi bo’lishi ham mumkin. Ushbu mavzudagi videoni albatta ko’ring!

Shuning uchun ham, oldingizdagi maqsad – dasturlashni minimal darajada o’rganib ish oxtarishni bo’shlash. Ish – tajriba beruvchi yagona manbaadir. Ishni topish ham bir kunlik emas, ko’p korxonalar- tajribali dasturchini izlashadi.

Bir nechta korxonalarga birdaniga murojaat qiling, ko’plab “yo’q” eshitishga tayyor bo’ling. Birinichi ishni topish uchun o’rtacha bir oy vaqt ketadi. Shu vaqt ichida dasturlashni o’rganishda ham davom eting.

Siz to’laqonli dasturchi bo’lishingiz uchun haqiqiy ishxonada 4 oycha ishlagan bo’lishingiz kerak. Shuning uchun ham birinchi ishga – o’qishning davomi sifatida qarang. Tekinga, yoki arzon narhga bo’lsa ham ishga kiravering.

445+

Dasturlashni o’rganayotganda ko’p uchraydigan savollarga – javob” ga 1 fikr qoldirilgan

Fikr bildirish