Qizlardansavollar.com; Yangi O’zbek ijtimoiy tarmog’i

Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar hayotimiz bir bo’lagiga aylanib bo’lgan. Kundalik hayotimizni ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qilish qiyin. Biz uchun muhim bo’lgan voqealarni, o’zgarishlarni va yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlar orqali yaqinlarimiz bilan bo’lishamiz. Ijtimoiy tarmoqlar yordamida dunyoning narigi chetida sodir bo’layotgan hodisalardan boxarbar bo’lishimiz mumkin. Bu tizimlarning eng asosiy xususiyatlaridan biri; fikir va mulohazalarimizni oson va erkin ravishda boshqalar bilan bo’lishish imkonini beradi.

O’zbek internet foydalanuvchilari orasida ham ijtimoiy tarmoqlar muhim o’ringa ega. Endigina rivojlanib kelayotgan o’zbek internet olamida o’zimizga tegishli, o’zbekcha tarmoqlar soni juda kam. Lekin shunga qaramay kundan kunga yangi tarmoqlar ham paydo bo’la boshladi.  Bunga misol qilib; https://qizlardansavollar.com saytini aytishimiz mumkin. Ushbu sayt savollar va javoblarga asoslangan bo’lib, hohlagan kategoriyangizda savol berishingiz mumkin. Savol va javoblardan tashqari o’zingizni qiziqtirgan mavzularda so’rovnomalar (anketa) yaratishingiz mumkin. Bu tizimning ismi “Qizlardan Savollar” bo’lishiga qaramay, tizimda yigitlar ham savol beraolishadi. Sayt foydalanuvchilar  uchun juda qulay shaklda dizayn qilingan.

Saytda ballash tizimi ham mavjud. Foydalanuvchilar turli faoliyatlar bilan bal yig’adilar. Yig’ilgan ballarga qarab foydalanuvchiga turli unvonlar beriladi. Foydalanuvchilar yangi unvonlarga ko’tarilgan sari yangi hususiyatlarga ega bo’lishadi va eng yuqori darajalarda maxsus moderatsiya vositalaridan foydalanish huquqini qo’lga kiritadilar.

Agar foydali blog maqolalarini o’qib, yangi ma’lumotlarni kashf etishni istasangiz, saytning “blog” qismidan turli maqolalarni o’qishingiz yoki sayt mas’ullari bilan aloqaga chiqib o’z maqolangizni nashr ettirishingiz mumkin. Ushbu tarmoqdan fodalanib, ozingizni qiziqtirgan savollaringizga javob izlang va o’z malumotlaringiz bilan bo’lishing. O’zbek internetida shu kabi foydali manbalar ko’payishini istaymiz va yoshlarimizni qo’llab quvvatlaymiz.

25+

Fikr bildirish