- Hech qachon dasturlashni til o’rganishdan boshlamang
Ko’pchilik boshlovchilar dasturlashni til o’rganishdan boshlashadi masalan java, python, php yoki javascript va hk. Bu tillardan birini bilish yaxshi albatta lekin sizga o’rganayotgan tilingiz yoqmay qolishi mumkin yoki sizga aslida boshqa dasturlash tili kerak bo’lishi mumkin. Bu narsalarni esa dasturlash olamiga endigina kirib keliboq sizga qaysi ko’proq mos kelishini aytish esa imkonsiz.Siz esa dastlab dasturlash teoriyasini o’rganing. Shunda siz bir vaqtning o’zida istalgan tilda dastur yozib keta oladigan bo’lasiz.
2. Yo’nalish tanlang
Agar siz yo’nalish tanlamasdan birin ketin texnalogiyalarni o’rgansangiz ularni hech qachon tugata olmaysiz. Chunki har bitta texnalogiya doimiy rivojlanib boradi. Siz esa qaysi texnalogiya qachon kerakligini boshida bilmaysiz. Shunda siz bitta yo’nalish tanlaysiz va shu bo’yich kerakli texnalogiyalarni o’rganasiz. Yodda tuting yo’nalish tanlashda chuqurroq tahlil qilib qarorga keling axir yarmiga borganda fikringiz o’zgarsa shuncha vaqt osmonga uchadi.
3. O’rganayotgan paytda tashlamang
Hech qachon biror bir o’rganayotgan texnalogiyangizni oxirigicha o’rganmay turib tashlamang. Chunki har bitta texnalogiyani o’zini qulaylik va kamchiliklari bo’lishi mumkin va siz juda primitiv asoslarga ko’ra bu texnalogiyadan voz kechasiz va keyin yana vaqt yo’qotasiz. Qarabsizki oradan ancha vaqt o’tadi.
4. Tushkunlikka tushmang
Dasturlashni o’rganishda ko’plab sintaktik va mantiqiy xatoliklar qilasiz. Ba’zan bu sizni tushkunlikka tushurishi mumkin ammo hech ham xavotirlanmang. Seniorlar ham xatoliklarga yo’l qo’yadi va bu tabiiy hol. Muhimi siz shu xatoni to’g’irlash uchun izlanishga tayyormisiz unda siz hali davom etsangiz bo’ladi va bu yo’nalish aynan siz uchun.
Baxramov Azizbek
O’rganishim kerak, lekin qiynalyapman. Mayli, qaynalsamham. Men albatta uddalayman, InshaOlloh.
Hamma qiynaladi lekin xarakatdan to’xtamang shunda natijaga erishasiz