Dasturchi bo’lish uchun qanaqa kompyuter kerak bo’ladi?

Ushbu savolni menga juda ko’p berishadi. Bir necha marotaba youtube‘dagi jonli suhbatlarda javob berganman.

Lekin hamma ham barcha videolarimni ko’rgan emas. Shuning uchun ham ushbu maqolani yozishni joiz deb topdim.

Birdaniga kompyuter olishga shoshilmang, balkim dasturlash siz uchun emasdir. Shunaqa o’quvchilarim bo’lganki, avval o’rgating deb, keyin “dasturlash mayda ish ekan, kod yozish kerak ekan. Men biror dasturda ‘Далее’ tugmachasini bir necha bor bosib, dastur yarataman deb o’ylardim”, – ma’nosidagi gapni aytib tashlab ketishgan.

Shuning uchun ham avval dasturlashni o’rganing, keyin kompyuter sotib oling.

Dasturlashni Umumiy Dasturlash teoriyasidan o’rganasiz. Bu kursni o’rganayotganingizda kompyuter halaqit beradi. Dastulash – o’ylash degani. Kompyuter oldida esa o’ylash qiyinroq. Odam negadir daftar va ruchkadan foydalanganida yaxshiroq fikrlaydi.

Olimlarning aytishicha, ruchkada yozayotganimizda kichik motorika (ruscha maqola| ingilizcha maqola) ishlar ekan va odam yozayotgan narsasini yaxshiroq eslab qolar ekan. Shuning uchun ham, hattoki kompyuteringiz bo’lsada, umumiy dasturlash teoriyasining kerakli joylarini aynan daftarda konspekt qilishni maslahat beraman. Vazifalardagi kodlarni ham daftarda yozib, miyada bajaramiz. Ushbu teoriya sizni dasturchidek o’ylashga majbur qiladi va yozilgan kodlarni hech qanaqa kompyuterdagi kompilyator bajara olmaydi. Bu esa dasturlashni o’rganish uchun kompyuter kerak emasligining yana bir isboti.

Siz dasturlashni o’rgandingiz va endi kompyuter olish niyatingiz bor. Mablag’ingiz kam bo’lsa – xavotir olmang. Barcha tildagi dasturlar: PHP, Java, JavaScript, Python, C, C#, C++ va hokazo, barchasini oddiy bloknot dasturida ham yozish imkoningiz bor. Shuning uchun ham eng oddiy, kuchsiz kompyuter ham yetarli bo’ladi.

Lekin, professional dasturlarni bloknotda yozish juda qiyin. Ko’plab xatolarni ko’rmay qolasiz. Xatolarni qidirishda qiynalasiz. Dastur yozish uchun mo’ljallangan dasturlar esa, kodingizni ko’p joylarini o’zi yozib, qayerda hato bo’lishi mumkinligini ko’rsatib ham beradi. Ushbu maqolada uchta shunaqa dasturlani ko’rganmiz.

Ushbu dasturlani kuchsiz kompyuterlarda ishlatish qiyin, ular juda katta operativ xotira talab qilishadi. Undan tashqari chome brauzerdan foydalamiz. U ham juda ko’p operativ xotira talab qiladi.

Demak komfort ishlar uchun kuchli kompyuter kerak ekan. Lekin “kuchli” tushunchasi hamma uchun har-xil. Bozorga borib kuchli kompyuter so’rasangiz, sizga o’yin o’ynash uchun moslashgan kompyuterni ko’rsatishadi. Ushbu turdagi kompyuterlarning video kartasi kuchli bo’ladi. Bizning esa kuchli o’yinlar o’ynash niyatimiz yo’q. Demak bizga kuchli video karta kerak emas. Video karta kompyuterning eng qimmat qismlaridan. Aslida undan to’laqonli foydalanmasak, ortiqcha pul to’lashning nima keragi bor?


Dasturchi uchun kompyuterning qaysi qismi muhim?

Protsessor

Kompyuter miyasi bu protsessor. Eng muhim qism. Birinchi navbatta e’tibor berishingiz kerak bo’lgan narsa bu kompyuterning ushbu qismidir.

Protsessorlar juda ko’p. Pulingiz yetganini olasiz. Yaxshi kompyuter uchun kamida i5 protsessorini tavsiya etaman. Agar pulingiz i7 protsessoriga yetsa – undan ham yaxshi. Lekin i7 protsessori juda qimmat turadi.


Operativ xotira

Ishlab turgan dasturlarimiz operativ hotriada turadi. Yuqorida aytib o’tilganidek brauzer va muharrirlar juda ko’p xotira talab qiladi. Shuning uchun ham operativ xotira qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi. Agar pulingiz yetmasa 4 gigabaytlik oling. Undan kamini olish noto’g’ri bo’ladi. Pulingiz yetsa esa kamida 8 gigabayt operativ xotira sotib oling. Operativ xotira boshqa qismlarga nisbatan uncha qimmat emas.

HDD va SSD disklar

Kompyuterda ma’lumot saqlaymiz. Kino filmlar, musiqalar, dokumentlar, o’rnatilgan dasturlar, operatsion tizim (misol uchun Windows), umuman barcha kompyuterdagi ma’lumotlar aynan diskda joylashadi. Buning uchun yillar davomida HDD disklardan foydalanilgan. Hozirgi kunda SSD formatdagi disklar paydo bo’lgan. Ushbu disklar HDD disklarga nisbatan bir necha barobar tezroq ishlaydi. Lekin ular bir necha barobar qimmatroq ham.

Shuning uchun pulingiz yetmasa HDD disklardan foydalaning, leking mablag’ingiz yetarli bo’lsa ikkovini oling. Misol uchun 128 gigabayt SSD disk olasiz, va ushbu diskda faqat operatsion tizim hamda o’rnatilgan dasturlar turadi. Shunda kompyuter juda katta tezlikda ishlaydi. Undan tashqari 1000 gigabayt HDD disk olasiz, bu yerda sizning shaxsiy fayllaringiz joylashadi: dokumentlar, videolar, musiqa va hokazo.

Yuqorida ko’rsatilga ma’lumotlar kompyuter sotib olayotganda nimaga e’tibor berish kerak ekanligi haqida edi. Kompyuterning boshqa qismlari dasturlash uchun muhim emas va ularni o’z didingiz va cho’ntagingizga qarab tanlang. Misol uchun noutbuk ishlatish qulayroq, leking kompyuterdan 2 barobar qimmatroq. Noutbukning materialidagi sifati, uning firmasi, ekranning kattaligini – bular ikkilamchi narsalar.

Maqola oxirida maslahat: Agar professional dasturchi bo’lib shu orqali pul topish niyatingiz bo’lsa, kompyuter bu sizning ish qurolingiz ekanligi unutmang. Pulingiz bo’lsa – ushbu qurol uchun qizg’anmang

687+

Dasturchi bo’lish uchun qanaqa kompyuter kerak bo’ladi?” ga 20 fikr qoldirilgan

  1. OybekDev

    Assalomu alaykum hammaga. Maqola juda foydali boʻldi. Odatda mening kuzatishim boʻyicha yaxshi va past koʻrsatkichi noutbuk orasida 3000-4000 rubl farq boʻladi. Bu taxminan 500 ming soʻm. Kelajakda yillab ishlatadigan usiz ishingiz bitmaydigan doʻstingiz uchun mablagʻni ayamang.

    Taʼlim siz uchun qimmatlik qilayotgan boʻlsa, bilimsizlik qanchaga tushishini oʻylab koʻring.
    Benjamin Franklin.

    216+
  2. dasturist

    Oʻzimgayam shunisi yoqib turipti 1tr HDD bilan qoʻshimcha 8gb ram qoʻshvosam udar boʻlsa kerak. Faqat diskovodi yoʻgʻekanda manimcha.

    Yana bitta savol CPU [1gHz – 4.2 gHz] degani bu shu shu oraliqdagi tezliklarda ishlay oladi deganimi?

    14+
    • Akmal Kadirov Maqola avtori

      4 та ядроси борку, одатда шуларнинг ярими пастрок ишлайдиган булади. Демак 2 та ядро 1 гигагерцда ишлайд, яна иккитаси эса 4.2 гигагерц. Бунинг кучли томони ssd диски борлиги…. Шошманг бу olx сайтию, ноутбук янги эмасми? Ишлатилган ноутбукка 600 манимча киммат. Тошкентда яшасангиз Малика бозорига боринг, ёки медиаПарк. ишкилиб янгисини олинг шу пулга

      31+
  3. dasturist

    Holati yangi deb qoʻyibdi yana bilmadim sotuvchi bilan gaplashib koʻrmadim atak shunaqa harakteristikadagi kompni olsam bolaveradida. Siz aytganday mediaparkdanmi ili texnoparkdan shunaqasini tanlab olaveraman.
    Rahmat sizga Akmal aka))

    18+
    • Akmal Kadirov Maqola avtori

      Телефонлар хам, мисол учун айфон чикадику хар йил янгиси. Процессорлар хам шундай, хар йил янги чикаверади. Ва тушунганиздек канча янги авлод булса шунча яхши

      10+
  4. 051996

    Assalamu allaykum Akmal aka shu noutbook haqida fikrizi aytsez puliga arziydimi -?
    Javob uchun oldindan raxmat

    29 701,23 руб. 25%OFF | Ноутбук Core i7, 15,6 дюйма, 8 ГБ/16 ГБ DDR4 ОЗУ 128 ГБ/256 ГБ/512 ГБ/ТБ SSD, ноутбук, компьютер, металлический корпус, IPS клавиатура с подсветкой, игровой ноутбук
    https://a.aliexpress.com/_ADR4oB

    6+
    • Akmal Kadirov Maqola avtori

      Хитойдан заказ килишни маслахат бермайман. Яхшиси 1-2 сум кушиб бориб узиз олинг. Россияда булсангиз керак нархлар рубльда экан. Яндекс Маркетга киринг

      12+
      • UmarAli

        Assalamu alaykum!

        Iltimos Bir ko’rib bering shunday yig’sam to’g’ri bo’ladimi?

        Intel core i5-9600K

        Nvidia Gtx 1050-Ti

        SSD. Samsung 970 Evo plus NVMe PCLe M.2 500gb

        HDD. Seagate Barracuda 2Tb

        Corsair Vengeance LPX DDR4 3200 C16 2x8gb

        Materinskiy. Gigabyte Z390 UD

        Javob uchun rahmat.

        10+

Fikr bildirish